EBBINGAUZ (Ebbingxaus) German (1850.24.1, Barmen, hoz. Vuppertal shahri — 1909.26.2, Galle shahri) — nemis psixologi, eksperimental psixologiya vakili. Fexner tadqiqotlariga asoslangan holda birinchilardan boʻlib xotira, intellekt singari yuksak bilish jarayonlarini eksperimental metodlar yordamida oʻrgangan. Koʻrish idrokining noyob holatlari, bolalar aqliy qobiliyatini tekshirishga bagʻishlangan izlanishlar olib borgan. Ebbingauz nomi bilan ataladigan test kashf qilgan. Uning ilmiy natijalari oʻzini oʻzi kuzatish psixologiyaning yagona uslubi degan nazariyani puchga chiqargan. Ebbingauzning asosiy xizmati «sof» xotira qonunlarini oʻrganish imkonini beruvchi, tafakkurga bogʻliq boʻlmagan narsa va hodisalar toʻgʻrisidagi taassurot izlarini esda olib qolish jarayonini tadqiq etishning yangi uslubini taklif qilganligidir. Mantiqiy umumlashmalar keltirib chiqarishga aloqasi yoʻq, maʼnosiz boʻgʻinlar (2300 ta undosh va unli)ni quruq (mexanik) yod olishdan iborat bu uslub E. ga materialni esda olib qolish va unutishning «egri chizigʻi» qonunini kashf qilishga; uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shular asosida taʼsirlanish izlarini xotirada saqlash muddati hamda astasekin soʻnishi qonuniyatlarini tekshirishga imkon yaratgan. Asosiy asarlari: «Xotira toʻgʻrisida» (1885), «Intellekt» (1897), «Psixologiya asoslari» (1902), «Psixologiya ocherki» (1908).
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии