DYAKOVO MADANIYATI

DYAKOVO MADANIYATI — yuqori Volga va Oka daryosi havzalarida yashagan qad. (mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmi — milodning boshlari) finoʻgʻur qabilalaridan qolgan arxeologik yodgorliklar. Birinchi marta Dyakovskoye qishlogʻi (Moskva viloyati) da topilgani uchun shu nom bilan yuritiladi. Dastlab 19-a. oxirlarida oʻrganilgan. Dyakovo madaniyati devor va xandaklar bilan oʻralgan kichik-kichik turar joylardan iborat. Ular patriarxal urugʻchilik jamoa qishloqlari boʻlib, asosan, daryolarning tik qirgʻoqlarida qurilgan. Aholisi ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Jez va temirchilikdan tashqari toʻqimachilik va oʻymakorlik (suyak va shoxlarga naqsh solish) ham rivojlangan. Sopol idishlar qoʻlda yasalib, katak naqshlar bilan bezatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x