Dushanbeda park Alisher Navoiy sharafiga qayta nomlanadigan boʻldi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi “Yoshlarning 50 yilligi” parki buyuk shoir Alisher Navoiy sharafiga qayta nomlanadi.

Bu haqda mazkur davlat rahbari Imomali Rahmon tomonidan qabul qilingan farmoyishda belgilab qoʻyilgan, deb yozadi “REGNUM”.

Shuningdek, bogʻda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik ramzi sifatida Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiy haykallari oʻrnatiladi.

Qayd etib oʻtish lozimki, yuqoridagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 9-10 mart kunlari Tojikistonda davlat tashrifi bilan boʻlishi arafasida qabul qilindi.

Maʼlumot uchun, XV asrda yashab, ijod qilgan shoirlar Navoiy va Jomiy doʻstligi Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi birodarlik timsoli deya hisoblanib kelinadi.

 

xs.uz

https://saviya.uz/hayot/jarayon/dushanbeda-park-alisher-navoiy-sharafiga-qayta-nomlanadigan-boldi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x