DUSHAN FAYZIY

DUSHAN FAYZIY (1927.5.2, Kiziltepa tumani) — shoir va dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). 2-jahon urushi katnashchisi. Samarqand un-tining filologiya f-tini tugatgan (1952). Oʻzbekistan Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi kotibi (1957—72), Samarqand viloyati televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi raisi (1972—77), SamDU prorektori (1977 — 94), «Imom al-Buxoriy» Xalqaro xayriya jamgʻarmasining raisi oʻrinbosari (1996-y. dan). Ijodi 2-jahon urushi yillarida boshlangan. «Tugʻilgan kunim» (1957), «Qalbim seniki» (1961), «Navo» (1965), «Yor xayoli» (1967), «Onaizor» (1969), «Buyuklik» (1970), «Samarqandnoma» (1973), «Sevgilim» (1980) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. «Zarafshon qizi» (1961), «Birinchi uchrashuv», «Kelin keldi» (1964), «Qorasoch» (1966), «Gʻazal va muhabbat» (1968), «Oʻn yetti yoshlilar» (1972) va b. saqna asarlarida xotin-qizlarning mehnat jasorati, yoshlar hayoti yoritilgan. Dushan Fayziyning «Doʻstlik qoʻshigʻi» (1968), «Asrim monologi» (1969), «Urgut qasidasi» (1994), «Te-murnoma» (1996) dostonlari, «Imom al-Buxoriy» (1998) sheʼriy romani bor. «Doʻstlik» ordeni b-n mukofotlangan (1997).

As: Tanlangan asarlar. T., 1976; Saylanma, 1-jild, Samarqand, 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x