DURA-YEVROPOS

DURA-YEVROPOSFurot daryosining oʻrta oqimi boʻyida joylashgan qad. shahar xarobasi (mil. av. 300 — mil. 256-y.). Podshoh Salavk I tomonidan bunyod etilgan. Mil. av. 2-a. ning 2-yarmidan Parfiya podsholigi, mil. 165-y. dan Rim imperiyasi tarkibida. 256-y. Eron b-n boʻlgan urushdan keyin sosoniylar qoʻshini tomonidan vayron qilingan. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy tarixiga oid papirus va pergamentga bitilgan bizgacha saqlanib qolgan koʻpgina hujjatlar, salavkiylar davridan qalʼa, agora (xalq majlisi oʻtka-ziladigan maydon), ibodatxonalar qoldiklari, parfyanlar davridan esa saroy, devoriy naqsh solingan koʻplab ibodatxonalar xarobalari, Rim davridan boʻlsa istehkomlar, termalar (hammomlar), cherkov, sinagoga va Mitra ibodatxonasi xarobalari saqlangan. D.-Ye. Suriya bilan Eron oʻrtasidagi karvon savdosining yirik markazi xamda mamlakat chegarasidagi muhim qalʼa vazi-fasini oʻtagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x