Dunyoning 2,5 ming tili yo‘qolib ketish xavfi ostida

Dunyoning 2,5 ming tili yo‘qolib ketish xavfi ostida
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Dunyoning 2,5 mingga yaqin tillari xavf ostida. Bu haqda Anadolu agentligiga Turkiya Milliy komissiyasi (UTMK)ning YUNESKOdagi kengashi raisi, professor Ojal O‘g‘uz ma’lum qildi.

 
“Dunyoda 7 mingga yaqin faol til mavjud. Ular orasida 2500 ga yaqin til xavf ostida, chunki ular juda kam sonli odamlar tomonidan qo‘llaniladi», – dedi O‘g‘uz. 
Uning so‘zlariga ko‘ra, statistika va mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, har 15 kunda dunyoda ushbu tillardan biri yo‘q bo‘lib ketadi. 
«So‘nggi o‘n yilliklarda dunyodagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli tillarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ortdi», deyiladi manbada. 
Hozirda 200 tilda gaplashadigan odamlarni topish qiyin, 1950 yildan buyon esa 250 dan ortiq tillar g‘oyib bo‘lgan .

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x