Dumsiz tulki

Tuzoqqa ilinganmi, qopqonga tushganmi – nimadir boʻlib, tulki dumidan ayrildi. Bu sharmandalikni gardanga olib yashab boʻladimi – nimadir qilish kerak. Oʻylay-oʻylay sharmandalikni urfga aylantirmoqchi boʻldi, jamiki tulkilarni toʻplab, ularni dumlaridan kechishga daʼvat qildi: “Oʻylang, axir, bu qurib ketkurlar oʻlgudek besoʻnaqay boʻlganlari yetmagandek, ortiqcha yuk ham emasmi?”.

Bunga javoban tulkilardan biri dedi: “Oʻrtoqjon, besoʻnaqaydir, ortiqcha yukdir – oʻzingniki boʻlganida-ku, bu maslahatni bermagan boʻlarding-a!.

Alqissa, ayrim kishilar ham shunga oʻxshash: xeshu taborga chin dildan emas, oʻz foydalarini koʻzlab maslahat beradilar.

 

EZOP

 

“Hurriyat”dan olindi.

https://saviya.uz/ijod/nasr/dumsiz-tulki/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x