DUMBALI QOʻYLAR

DUMBALI QOʻYLAR — goʻshti va yogʻi uchun boqiladigan dagʻal va yarim dagʻal junli dumbali koʻy zotlari. Choʻl va chala choʻl mintaqalarida boqishga moslashgan, oʻt-xashak tanlamaydi, uzoq masofalarga haydashga chidamli. Asrlar davomida yaylov sharoitida boqilishi tufayli keskin ekologik sharoitlarga moslashgan. Yirik Dumbali qoʻylardan hisori, saraja, edilbey qoʻylari mashhur. Qoʻchqorlarining tirik vazni 110 — 130 (baʼzan 180) kg gacha, sovliqlari 60 — 85 kg (baʼzan 130 kg) gacha boradi. Dumbasi qoʻyning semizlik darajasiga qarab 6—15 kg, baʼzi zotlar (hisori qoʻylari) boʻrdoqilarida 45 kg gacha boʻlishi mumkin. Dumbasining shakliga qarab «doʻngalak quyruq», «tegirmon quyruq», «ayri quyruq», «ketmon quyruq», «solfi quyruq» deb yuritiladi. Bu zotlar yaxshi goʻsht beradi. Dumbali qoʻylar soʻyilganda goʻsht chiqishi 53—60%, jun boʻyicha mahsuldorligi past — 2,0—2,2 kg jun beradi. Juni dagʻal va bir tekis boʻlmagani uchun dagʻal movut, gilam, kiygiz va b. mahsulotlar tayyorlanadi. Dumbali qoʻylar sovliklaridan 120 kg gacha sut sogʻib olish mumkin. Serpushtligi 105 — 120%. Eron, Afgʻoniston, Arabiston ya. o. mamlakatlarida, Kavkaz, Rossiyaning janubi, Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonda koʻproq boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x