Dukenttepa


Post Views:
24

DUKENTTEPA – shahar xarobasi (6–16-asrlar). Angren shahridan 8 km shimolda joylashgan. 1958 yilda bu yerdan kumush tangalar xazinasi (13-asr oxiri – 14-asr) topilgan. Arxeolog Yu.F.Buryakov (1959, 1962 va 1966) arxeologik kuzatuv, tangalar to‘plash ishlari olib borgan. Jamlangan materialga ko‘ra, Dukenttepada hayot 3 bosqichda kechganligi aniqlangan. Birinchi bosqich arkda Mingo‘rik tipidagi sopol idishlar bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqich nafaqat ark, balki butun shahar bo‘ylab uchraydigan sopol, shisha buyumlar (10–12-asrlar), tosh o‘g‘irlar, pishiq g‘ishtlar (29–30×14–15×4 sm), burama kumush bilaguzuklar va 5 dirham (11-asr oxiri – 12-asr)dan iborat kichik xazinani o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich 15–17-asrlarga oid ayrim sopol buyumlar va 13–16-asrlarga oid uchta tanga xazinasi bilan belgilangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/dukenttepa-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x