DUCHAVA

DUCHAVA, duchoʻba (fors — ikki choʻp) — 1) anʼanaviy oʻzbek nogʻora va doyra usullaridan. Ayrim turlarini Usta Olim Komilovdan Ilyos Akbarov notaga yozib olgan. «Katta oʻyin» raqslar turkumidagi asosiy raqslardan boʻlib, unda nogʻora choʻplari dambadam urilgani uchun shu nomni olgan;

2) dorbozlar oʻyinlari joʻrligida foydalaniladigan kuy va usul;

3) «Shodiyona» usullar turkumining 9-qismi;

4) surnay yoʻllaridagi albat qismlaridan biri;

5) oʻzbek xalq ashulalaridan (D. usulidan ijodiy foydalangan holda, Hamid Olimjon sheʼri b-n O. Alimah-sumov va b. aytadigan «Na boʻlgʻay…» mashhur).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x