DROGOBICH

DROGOBICH — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar. Tismenitsa daryosi boʻyida, Karpat togʻlari etagida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 79 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (avtomobil kranlari, gaz apparaturalari va b. ishlab chiqariladi), konchilik, kimyo, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, ped. in-ti, oliy va maxsus oʻrta oʻquv yurtlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. D. atrofidan neft qazib olinadi. Drogobich shahar sifatida 1238-y. dan maʼlum. Roman minorasi (14-a. boshlari), gotika kostyoli (15-a.). Vozdvijenye (17-a.) va avliyo Yura yogʻoch cherkovlari saqlangan. 1952-y. t. y. vokzali qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x