DREYF OQIM

DREYF OQIM (gollandcha drijveh — suzish, haydash) — shamol va oqim taʼsirida okean va dengiz suvi ustki qatlamining oʻziga xos harakatga kelishi. Ishqalanish taʼsirida suv dengiz tagiga tomon tusha boradi. Dreyf oqim nazariyasini F. Nansen yaratgan; bu nazariyani shved geofizigi va okeanografi V. Ekman 1906-y. da matematik yoʻl bilan isbot qilgan. Yerning aylanishi natijasida Dreyf oqim dengiz yuzasida shim. yarim sharda 45° oʻngga, jan. yarim sharda 45° chapga buriladi. Dengiz tagiga chuqurlashgan sari oqim koʻproq burila boradi va muayyan chuqurlik (200 m) da oqim suv yuzasidagiga nisbatan boshqacha yoʻnalishda oqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x