DRENAJ OQIMI MODULI

DRENAJ OQIMI MODULI — zaxi qochiriladigan maydon birligi (gektar) ga toʻgʻri keladigan sizot (grunt) suvi oqimining miqdoriy tavsifi. Drenaj oqimi moduli (sd) 1 ga uchun l/s da oʻlchanadi. Drenaj oqimi moduli optimal meliorativ rejim saqlangan sharoitlarda drena va kollektorlardagi suv sarfini aniklashda foydalaniladi. Sugʻoriladigan yerlarda Drenaj oqimi moduli 1 ga maydonga 0,15—0,40 l/s toʻgʻri keladi. Uning qiymati hisoblash (analitik) va tajriba (eksperimental) usullari bilan aniqlanadi. Grunt va yer osti suvlarining drenaj inshootlariga eng koʻp oqib kelishi davrida ularni qanday jadallikda oqizib yuborish uchun kollektordrenaj tarmogʻining doimiy va muvaqqat inshootlarini iqtisodiy foydali mutanosiblikda qoʻllash masalasi Drenaj oqimi moduli qiymati asosida hal etiladi.

Masharif Boqiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x