DORIYLAR

DORIYLAR — Yunonistonning toʻrt asosiy qabilalaridan biri. Mil. av. 12-a. da Shim. va Oʻrta Yunonistondan Peloponnesning jan.-gʻarbiga (Argolida, Messeniya, Lakoniya), keyinchalik Rodos, Krit, Kos o. lari va Kichik Osiyo (Knid) hamda Jan. Italiya, Sitsiliyaning turli joylariga borib oʻrnashganlar. Doriylar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Peloponnesda Doriylar hukmron elat boʻlgan, i. ch. da qullar mehnatidan foydalanilgan, davlat vujudga kelgan. Doriylar boshqa yunon qabilalaridan oʻzining harbiy intizomi, barqaror urugʻchilik urf-odatlari, magʻrurliklari va oddiy hayot tarzi bilan ajralib turgan. Bular Sparta aqli uchun xos boʻlgan. Doriylar shevasi adabiy til hisoblangan. Madaniyat sohasida Doriylar boshqa yunon qabilalaridan, ayniqsa ioniyaliklardan ancha ortda qolganlar. Doriylar yashagan hududlarda yirik quldorlik davlatlari vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x