Doniyor Fayz — Yana sizni esladim

Osmon uzra oy to`lib,
Yulduz sirli porlasa,
Bog` sayriga chorlasa,
Jonim, sizni esladim. (x2)

G`uncha ochib yuzini,
Bulbul navo etganda,
Jonga orom yetganda
Yana sizni esladim. (x2)
Yana sizni esladim.

Oydan oppoq yuzingiz,
Tundan qaro ko`zingiz,
Aqlim olgan kechada
Jonim, sizni esladim. (x2)

Tongda esdi shamollar,
To`zib ketdi xayollar,
Men borliqni unutib,
Yana sizni esladim.

Men borliqni unutib,
Yana sizni esladim. {x3}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x