Bir kishi bir guruh odamlarga ajoyib latifa aytib berdi. Hammalari miriqib, yayrab-yayrab kulishdi.
Bir necha daqiqadan soʻng u xuddi oʻsha latifani yana qaytarib aytib berdi. Lekin bu safar sanoqli kishigina kuldi, xolos.
Latifa uchinchi bor qayta aytilganda hech kimning labiga tabassum inmadi.
Shunda nuroniy donishmand jilmayib, oʻtirganlarga dedi: “Bitta mutoyibani qayta eshitib kulmaysizlar, lekin nimaga bitta sabab yoki bahona boʻlsa, qayta-qayta yigʻlayverasizlar?”
Odamlar bunga nima deb javob berganlarini bilmaymiz. Bu savolga siz nima deb javob bergan boʻlardingiz?
Orif Tolib
“Maʼrifat” gazetasining 2015 yil 7 oktyabr sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/ijod/nasr/donishmandning-latifasi/