DONISHMAND HOJIB

DONISHMAND HOJIB (13-a.) chingizxon va uning vorislari davridagi nufuzli shaxslardan biri. Chingizxonning koʻpgina maxsus topshiriqlarini bajargan. Movarounnahrni moʻgʻullar tomonidan istilo qilinishida muhim rol oʻynagan (mas, Zarnuqni egallashda, Chingizxon nomidan Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotunning koʻngliga gʻulgʻula soluvchi, uni xiyonat yoʻliga chorlovchi maktubni eltishda va b.). Xorazmshohlar davlati qulagach, saroydagi ayollar moʻgʻul amaldorlariga boʻlib berilgan. Donishmand hojib Qutbiddin Oʻzloqshohning singlisiga uylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x