DON OʻRISH MASHINALARI

DON OʻRISH MASHINALARI, galla oʻrish mashinalari — boshoqli va dukkaklidon ekinlarini oʻrib, dalada qator uyum shaklida qoldiruvchi mashinalar. Oʻriladigan ekin turiga koʻra gʻallaoʻrgich, sholioʻrgich va noʻxat-oʻrgichlarga; traktorga ulanishiga koʻra tirkama va oʻrnatma xillarga boʻlinadi. Asosiy qismlari: motovilo, qirqish (oʻrish) apparati, tasmali transportyor va traktorning ketingi quvvat olish validan xarakat uzatish mexanizmidan iborat. Motovilo 5 yoki 6 plankali boʻlib, gʻalla poyalarini pichoqqa, qirqilgan poyalarni esa transportyorga uzatadi. Plankalar xaskashlar (taroqsimon joylashgan chiviqlar) b-n jihozlangan. Xaskashni ekssentrikli mexanizm yordamida harakat yoʻnalishiga nisbatan old tomonga —15° yoki orqaga +15—30° qiyalantirish mumkin. Segment-barmoqli qirqish apparatining trapetsiyasimon segmentli picho-gʻini krivoship-shatunli mexanizm ilgarilanmaqaytma harakatga keltiradi. Qoʻzgʻalmas barmoqlarga qarshi qirqish plastinalari biriktiriladi. Qator uyumni shakllantirish usuliga qarab bir, ikki vauch oqimli Don oʻrish mashinalari boʻladi. Qator uyumlarda gʻalla koʻpi bilan 7 kun yotganda poyalarning namligi kamayadi, donlari esa toʻlishib yetiladi, soʻngra don yigʻish kombaynlari bilan yigʻib olinadi. Kombayn kerakli nagruzka bilan ishlashi uchun qator uyumning 1 m uzunlikdagi vazni 2,5—4 kg boʻlishi lozim. Asosiy koʻrsatkichlar: qamrash kengligi 5 va 6 m (AQSH ning Keys 8200 Don oʻrish mashinalarida 6,4 — 10,67 m); pichoq yoʻli 76,2 mm; qirqish bal. 50— 400 mm; motoviloning aylanish tezligi 32—50 ayl/min; ish tezligi 7—12 km/ soat. Traktorlarga tir-kab ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x