DOMAGK

DOMAGK (Domagk) Gerxard (1895.30.10, Lagov, Brandenburg — 1964.24.4, Kyonigsfeld, Shvarsvald) — nemis patologi va mikrobiologi. Bakteriyalar qoʻzgʻatadigan kasalliklarni kimyoviy preparatlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan. Soʻzakni davolash uchun birinchi samarali dori — dolmigon (dimetilaminosulfo-akridin) ishlab chiqqan (1934), sil va oʻsmalarni kimyoviy usulda davolash uchun yangi preparatlar topgan. Sulfanilamid preparatlarning bakteriyalarga qarshi taʼsir koʻrsatishini asoslab bergan va davolash amaliyotida joriy etgan. Nobel mukofoti laureata (1939).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x