DOIMIY VAKOLATXONA

DOIMIY VAKOLATXONA — xalqaro huquqda vakillik tusidagi organ (missiya). Davlat tomonidan oʻzi aʼzo boʻlgan bir yoki bir necha hukumatlararo xalqaro tashkilotlar huzurida taʼsis etiladi. Doimiy vakolatxona oʻz mamlakati bayrogʻi va emblemasidan foydalanish huquqiga ega. Doimiy vakolatxona va uning xodimlari huquqiy maqomi, imtiyoz va immunitetlari darajasi xalqaro bitimlar, shuningdek, oʻzi istiqomat qilayotgan mamlakat qonunlari orqali belgilanadi. Oʻzbekistan Respublikasi BMT, YUNESKO xuzurida va b. xalqaro tashkilotlarda oʻzining Doimiy vakolatxona siga ega. Oʻz navbatida Tosh-kentda BMTning birlashgan vakolatxonasi ochilgan (1993-y. 24 okt.), Jahon banki, Tinchlik korpusi, Qizil Xoch xalqaro qoʻmitasi, Yevropa hamja-miyatining texnikaviy hamkorlikni muvofiklashtirish boʻyicha Oʻzbekiston shoʻbasi, Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyati, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Konrad Adenauer jamgʻarmasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Germaniya iqtisodiyoti vakilligi kabi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x