DODXOH

DODXOH, dodxo (fors—adolat istovchi) — 1) Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida: a) qalʼa boshligʻi, qoʻrboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor, raisi kalon; Qoʻqon xonligida bu mansab amaldorlar roʻyxatida toʻqqizinchi oʻrinda (parvonachidan keyin, biydan oldin) turgan. Dodxoh yiliga xon xazinasidan 700 botmon don va 1000 tilla pul olgan;

2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga yetkazib, javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor. Qoʻqon xonligida bunday amaldor hudaychi deb nomlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x