DOʻSTLIK KANALI

DOʻSTLIK KANALI — Oʻzbekistan va Qozogʻiston hududidagi kanal. Mirzachoʻlning shim.-sharqida. Sirdaryodagi Farhod GESining tashlama kanalidan suv oladi. Uz. 116 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 230 m3/s. Kanal boshdan oxirigacha tuproq oʻzandan oqadi. Kanalda 6 toʻgʻon, suv sarfi 0,2 dan 50 m3/s gacha boʻlgan 45 shoxobcha kanallar va 3 ta ehtiyot tashlamalar: sharqiy tashlama (40 m3/s), shim. tashlama (18 m3/s) va oxirgi tashlama (17 m3/s) qurilgan. Kanal Chordara suv ombori ga tashlama bilan tugaydi. Dastlab kanalni 1891-y. da knyaz N. K. Romanov kazdirgan. Kanal qurilishi 6 yil davom etgan va Nikolay I arigʻi deb atalgan, uz. 84 km boʻlgan. Kanal suvni Xoʻjand shaxridan quyida Qoʻshtegirmon va Bekobod qishloqlari oraligʻida Sirdaryodan olgan. Kanaldan birinchi marta 1895-y. da Mir-zachoʻlga suv oqizilgan, 1897-y. toʻla ishga tushirilgan va 7600 ga yerni suv bilan taʼminlangan. 1917-y. gacha knyaz Romanov nomi bilan yuritilgan va uni xalq Knyazariq (Kenazariq) deb atagan. 1918—38 y. larda Shim. Mirzachoʻl kanali deb yuritilgan. 1923-y. dan kanal rekonstruksiya qilina boshladi. 1938-y. kanalda Sultonhovuz tindirgichi (hajmi 16 mln. m3) qurildi. Qozogʻiston hududida 1939-y. 1 – Toʻqayli tarmogʻi va 400 km dan ortiq katta-kichik ariqlar chiqarildi. 1940—41 y. larda Mirzachoʻlda yangi yerlar oʻzlashtirilishi munosabati bilan kanalning bosh inshooti rekonstruksiya qilinib, suv oʻtkazish qobiliyati 230 m3/sek ga yetkazildi va kanal 14,5 km uzaytirildi, 2 – va Z-Toʻqayli tarmoqlari, 64-mayda shoxobcha va 2 ta yirik tarmoq — Oʻng tarmoq va Chap tarmoq (Malik tarmogʻi) chiqarildi. 1945-y. da kanal Farhod GESning tashlama kanaliga ulandi. Keyingi yillarda kanal uzaytirildi va suv oʻtkazish imkoniyati oshirildi. 1972-y. dan kanalda xoʻjaliklararo kanallarga suv taqsimlab berish tele va avtomatik sistemalari ishlaydi. 1996-y. iyulidan hoz. nom bilan ataladi (1938—97 y. larda S. M. Kirov nomida boʻlgan). 2001-y. da kanaldan 230 ming ga dan koʻproq maydon sugʻorildi (Oʻzbekistonda 100 ming ga; Qozogʻis-tonda 130 ming ga dan ortiq).

Sharif Hamdamov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x