DOʻSTI XUDO MASJIDI — Fargʻonadagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshlari). Mahalliy eshon Alixon buyurtmasi bilan usta Yoqub rahbarligida qurilgan. Xalfa Tillo majmuasinsnt shim. qismida joylashgan. Xalfa Tillo maqbarasi bilan masjidni ular oʻrtasidagi darvozaxona oʻzaro bogʻlab turadi. Masjid milliy meʼmorlik anʼnalari asosida serhasham bezatilgan. Yogʻoch ustunlar tanasi qirrali, koʻzagisi kungirasimon, shakldor, kallagi muqarnaslar b-n yakunlangan. Shiftlaridagi rangbarang islimiy naqshlar zaminida koʻk, toʻsinlardagi jimjima hoshiyalar ichidagi gul bezaklari zaminida qizil rang ustunlik qiladi. Shift oʻrtasidagi turunj oʻziga xos yorqin rangli boʻlib, toʻsinlardagi nafis naqshlar bilan uygʻunlashib ketgan. Shiyponga oʻxshash ikki qator ustunli darvozaxona shifti ham masjidniki singari serhasham.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые