DOʻSUMOV Yangiboy Muhammedovich

DOʻSUMOV Yangiboy Muhammedovich (1905.15.7, Toʻrtkoʻl – 1973.14.8V Nukus) — pedagog, tarixchi olim, Oʻzbekiston FAning muxbir aʼzosi (1956), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1965). Qoraqalpogʻistonda birinchi tarix fanlari nomzodi (1939) va d-ri (1961), prof. (1965), Nukus oʻqituvchilar in-ti direktor oʻrinbosari, keyin direktor (1935— 40), Qoraqalpogʻiston Maorif xalq komissari va Pedagogika in-ti tarix kafedrasi mudiri (1940—41). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Qoraqalpogʻiston Maorif vaziri (1945 — 49). Qoraqalpogʻiston Iqtisod va madaniy in-ti boʻlim mudiri (1949—59). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali Tarix, til va adabiyot in-ti direktori (1959—64), sektor mudiri (1964—73). Ilmiy ishlari Qoraqalpogʻistonning yangi davr tarixiga, xususan, 20-a. 1-choragidagi maorifi hamda ijtimoiysiyosiy tarixiga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x