DOʻLTALITOV QIRI

DOʻLTALITOV QIRIQashqadaryo viloyatidagi qir. Karshi choʻlining shar-qiy qismidagi Nishon dashtining sharqiy chekkasida joylashgan. Eng baland joyi 512 m (Doʻltalitov), uz. 12 km, jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Doʻltalitov qirida usti yassi tepaliklar bor, quruq oʻzan koʻp. Neogenning qumtosh, gil, konglomerat va quyi toʻrtlamchi davrning lyossimon jinslari qatlamlaridan tarkib topgan. Boʻz tuproklarda karrak, iloq, oqquray, kovrak, qoʻzi-quloq tarqalgan. Doʻltalitov qirining etagidan Karshi magistral kanali oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x