DNEPROPETROVSK VILOYATI

DNEPROPETROVSK VILOYATIUkraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tashkil etilgan. Dnepr daryosining oʻrta va quyi oqimi havzasida. Mayd. 31,9 ming km2. Aholisi 3811 ming kishi (1997), asosan ukrainlar; shuningdek, rus, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Dnepropetrovsk viloyati 20tumanga boʻlingan, 19 shaqar, 54 shaharcha bor. D. v. ning yer yuzasi baland-past tekislik, gʻarbida Dnepr boʻyi qirlari, markaziy qismida Dnepr boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi moʻtadil konti-nental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 5° dan (Nikopol) — 6,5° gacha, iyulniki 21,8° dan (Nikopol) 22,6° gacha (Pavlograd). Yillik yogʻin shim. da 450 mm, jan. da 400 mm. Eng yirik daryosi — Dnepr. Tuprogʻi qoratuproq. Dare vodiylari va orollarida oʻrmonlar uchraydi.

Dnepropetrovsk viloyatida sanoat yetakchi oʻrinda. Viloyat sanoati temir rudasi va temirli kvarsit (Krivoy Rog havzasi), marganes rudasi (Nikopol koni), titan, nikel, boksit, toshkoʻmir (Gʻarbiy Donbass) va qoʻngʻir kumir (Dnepr qoʻngʻir koʻmir havzasi), tabiiy gaz (Sarichanka tumani), mineral qurilish materiallari (granit, kaolin, dolomit), oʻtga chidamli gil zaxiralari asosida ishlaydi. Krivoy Rog xavzasi, Nikopol va Marganes sh. lari va jan.sharqiy qismida konchilik sanoati rivojlangan. Dnepropetrovskda qora metallurgiya, quvur z-dlari, Krivoy Rogda kora metallurgiya, mashinasozlik z-dlari va b. bor. Koks kimyosi va kimyo sanoatlari, qurilish materiallari, yogʻochsozlik sanoati ham rivojlangan. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari muhim oʻrin egallaydi. Dnepr boʻyi, Krivoy Rog va Dneprodzerjinsk GRESlari, Dneprodzerjinsk GES ishlab turibdi. Shebelinka — Dnepropetrovsk — Krivoy Rog — Odessa, Pereshchepino — Dnepropetrovsk gaz quvurlari, Kremenchug — Krivoy Rog — Xerson neft quvurlari bor.

Q. x. da tovar mahsulotlari ham yetishtiriladi. Donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, bahori arpa, texnika ekinlaridan kungaboqar, qand lavlagi, soya ekiladi. Bogʻdorchilik, mevachilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy-echki boqiladi. Parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va baliq ovlash (Dnepr va uning irmoqlarida) ham muhim oʻrin tutadi. Transportning asosiy turi — t. y. Avtomobil va daryo transportlari, Dnepr daryosi katta ahamiyatga ega. Yirik portlari: Dnepropetrovsk, Dneprodzerjinsk, Nikopol. 11 oliy oʻquv yurti, 7 teatr, 6 muzey bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x