DNEPRODZERJINSK (1936-y. gacha Kamenskoye) — Ukrainadagi shahar (1926-y. dan), Dnepropetrovsk viloya-tida, Dnepr daryosidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 278 ming kishi (1997). Metallurgiya k-ti, kimyo, koks kimyosi, mashinasozlik (vagonsozlik va b.) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari (shu jumladan sement) ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr markazi, GES ishlab turibdi. Industriya in-ti, shahar tarixi muzeyi mavjud. Dneprodzerjinsk 1750-y. dan maʼlum.
Loading…