DITRIX

DITRIX (Diterich) (asl ismi va fam. Mariya Magdalena fon Losh) Marlen (1904.27.12 – Berlin – 1992) – ne-mis va amerika aktrisasi. Kinoda 1922-y. dan, 1930-y. dan Gollivudda ishlagan. «Moviy farishta», «Marokko», «Ayblovchining guvohi», «Nyurenburg protsessi», «Goʻzal jigalo — baxtsiz jigalo», «Shanxay ekspressi», «Qizil imperator ayol» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Estradada ham taniqli xonanda sifatida koʻpgina mamlakatlarda konsert bergan. Fashizmga qarshi ayovsiz kurashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x