DIPLOMATIK YOZISHMA

DIPLOMATIK YOZISHMA — turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar majmui. Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar oʻrtasida yozishma tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligʻi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliklari, diplomatik vakillar va ayrim diplomatlar nomidan yoʻlga qoʻyib turiladi. Maktublar, telegrammalar, xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot agentlarining xabarlari Diplomatik yozishma turlari hisoblanadi. Diplomatik yozishmada xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlararo ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama munosabat masalalari yoritiladi. Mazkur hujjatlarni tayyorlash davlat va unga tegishli muassasalar diplomatik faoliyatining muqim sohasi sanaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x