DIPLOMATIK NOTA

DIPLOMATIK NOTA — diplomatik yoʻzishmaga oid hujjatning bir turi. Verbal va shaxsiy Diplomatik nota larga boʻlinadi. Diplomatik tajribada koʻproq verbal nota qoʻllaniladi. Shaxsiy Diplomatik nota muhim, jiddiy muammolarga bagʻishlanadi yoki biron-bir voqea toʻgʻrisida rasmiy axborot tarzida yuboriladi. Diplomatik nota diplomatik protokol talablariga binoan yoki shaxsiy Diplomatik notaga javob tarikasida ham yoʻllanadi, u imzo chekuvchi nomidan 1-shaxs feʼlida tuzilgan xat shaklida nota blankasiga bosilib, manzil koʻrsatiladi, ammo muhr bosilmaydi. Xalqaro diplomatik amaliyotda Diplomatik notalar ayirboshlash xalqaro shartnomalar tu-zishning shakllaridan biri sanaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x