DIPLOM LOYIHASI

DIPLOM LOYIHASI — oliy va oʻrta kasb-hunar texnika oʻkuv yurtlarini bitiruvchilarning yakunlovchi mustaqil ishi. Diplom loyihasi nazariy yoki eksperimental tadqiqot, chizma hamda uning hisoblashtushuntirish qismi va sh. k. dan iborat boʻladi. Diplom loyihasi mavzusi mu-handis (texnik) i. ch. da duch keladigan asosiy masalalarni oʻz ichiga oladi. Unda talaba (oʻquvchi) ning oʻqish davrida olgan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari namoyon boʻladi. Diplom loyihasi oliy oʻquv yurtlarida davlat imtihon komissiyasi, oʻrta kasb-hunar oʻquv yurtlarida davlat ixtisos komissiyasi yigilishlarida himoya qilinadi. Diplom loyihasi ximoyasi mavzuning ilmiy-nazariy yoki amaliy ahamiyatiga qarab korxona va muassasalarda ham oʻtkazilishi mumkin. Ayrim ixtisosliklar (asosan texnologiya)da Diplom loyihasi oliy oʻquv yurtlarining kafedralari ixtiyori bilan diplom ishi bilan almashtirilishi mumkin. Diplom loyihasini himoya qilgan va ijtimoiy-siyosiy fanlarning biridan davlat imtihoni topshirgan bitiruvchilarga muayyan ixtisoslikni egallaganliklari haqida diplom beriladi. OʻzRning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997)ga muvofiq 2000/2001 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimida Diplom loyihasi oʻrniga bakalavrlar uchun bitiruv malakaviy ish, magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy-texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish joriy etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x