DINIY MUSIQA

DINIY MUSIQAmusiqa turi; diniy mazmundagi matn (sheʼr)lar asosida yaratilgan, shuningdek, diniy marosim va bayramlarda maxsus ijro etiladigan vokal yoki vokal-cholgʻu musiqa jyan/maridan iborat.

Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida insonning mifologik va diniy dunyoqarashlari bilan bogʻliq boʻlgan badiiy estetik faoliyati mahsuli — ijodiyot shakllari, jumladan musiqiy folklor namunalari vujudga kelgan. Sinkretik koʻrinishdagi tabobat, jodu aytimlari, marosim, mehnat, oʻyin qoʻshiqlari va b. maʼlum maʼ-noda diniy mazmunga ega boʻlgan. Qad. davlatlar va jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) shakllanishi natijasida Diniy musiqa kasbiy musiqa darajasiga koʻtarildi. Keyinchalik, gumanizm gʻoyalari taʼsiri ostida koʻpgina Diniy musiqa janrlari dunyoviy mazmunga va sahnaviy-konsert shakliga ega boʻldi.

Buddizm D. m. si muqaddas kitoblar — «Bxagavadgita», «Rigveda», «Samaveda», «Atxarvaveda», «Yajurveda» va b. ning madhiyalari yakkaxon yoki bir necha qoʻshiqchi va cholgʻu asboblari joʻrligida sanskrit tilida ijro etiladi. Hindiston, Xitoy, Yaponiya va Jan.-Sharqiy Osiyo xalqlarida buddizm Diniy musiqasi negizida shakllangan mumtoz musiqa janrlari (mas, hind pagalari, yapon gagaku va No musiqali teatrlari) keng tarqalgan.

Xristianlikning turli tarmoqlari musiqasi bir-biridan shakl, ohang, tuzilishi va ijrochilik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Mas, katolik cherkov musiqasi grigorian xoraliga (7—8-a. larda shakllangan) asoslanib, lotin tilida yakkaxon, organ cholgʻusi yeki koʻp ovozli xor tomonidan (a kapella uslubida) ijro etiladi, lyuteran cherkov musiqasi protestant xoraliga asoslanib, mahalliy tillarda (nemis, fransuz, ingliz) cherkov xori yoki ibodat qiluvchilarning oʻzlari tomonidan, organ va b. musiqa asboblari joʻrligida ijro etiladi. Protestant va katolik cherkov musiqasining keng tarqalgan shakllari: psalom, motet, magnifikat, messa, oratoriya, rekviyem, passionlar. Rus pravoslav cherkov musiqasining asosiy turi znamenniy raspev (belgi boʻyicha kuylash) dastlab bir ovozli, 16-a. dan koʻp ovozli shaklda qad. slavyan tilida cholgʻu joʻrligisiz ijro etiladi.

Markaziy Osiyo xalqlari Diniy musiqasi zamirida islom davrigacha keng tarqalgan zardushtiylik (mil. av. 3 — mil. 7-a. lar), buddizm (Kushon podsholigi) va shomon-baxshilik (Turk xokrnligi) diniy-estetik qarashlari yotadi. Shomon-baxshilik («Koʻch», «Qaytariq» va b.) va zardushtiylik («Avesto»ning gat — madhiyalar)ning koʻpgina unsurlari islom anʼanalari bilan chatishib, hoz. kungacha mazkur hududda yashayotgan xalqlar anʼanaviy musiqa shakllarida saqlanib qolgan.

Islom madaniyatida musiqa sanʼatiga munosabat turlicha boʻlgan. Shu jumladan, Qurʼoni karimda musiqaning taʼsir kuchi yuksak darajada eʼtirof etilgan boʻlsada, ayrim suralarda musiqa qatʼiy inkor qilingan (makruh hisoblangan). Musiqaga boʻlgan ikki xil munosabat asrlar davomida saqlanib qoldi: shariat peshvolaridan bir guruhi (Kalobodiy Buxoriy, Imom Gʻazoliy, Ibn al-Arabiy va b.) musiqaning joizligi haqida qator risolalar yozishgan holda, boshqa mutafak-kirlar (Imom al-Molik, Yassaviy, al-Masʼudiy Samarqandiy va b.) musiqa (ohanglar)ning emotsional taʼsir jihatlarini mutlaqo inkor qilishgan. Hozirda islom madaniyatida keng tarqalgan azon (namozga daʼvat), qiroat (tajvid, tagʻbir, tartil), shuningdek, ibodat, marosim paytida qoʻllaniladigan boshqa aytim yoʻllari (naʼt, jaxr va b.), ijro uslublari asl sanʼat shakllaridan musiqiy xususiyatlari (ohang, usul va b.) bilan farklanadi. Tasavvuf diniy-estetik taʼlimoti Sharq mumtoz musiqasi, ayniqsa, maqom, katta ashula, dastgoh, qavalli, gʻazzali janrlarining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir qildi. Yaqin va Oʻrta Sharqsa tasavvufning maxsus janri — zikryaing turlari (zikri jahriy, zikri xufiy, zikri adadiy, zikri dil va b.) hamda qalandariy, samandar, haqqoniy, xonaqoiy ijrochilik anʼanalari, shuningdek, maddohlik, qissaxonlik, gʻazalxonlik (yassaviyxonlik, navoiyxonlik, bedilxonlik, mashrabxonlik) yoʻllari keng tarqalgan.

Diniy musiqa mahalliy bastakorlar ijodida (ayniqsa Amir Temur davridan boshlab) katta oʻrin egallagan boʻlsa, Shoʻrolar davrida batamom taqiqlanadi. Faqat mustaqillik yillaridagina O. Hotamov (A. Yassaviy, Chustiy, Xaziniy Huvaydo sheʼrlariga asarlar), Oʻ. Rasulov (Mashrab, Nozikbibi Xoʻqandi gʻazallariga asarlar va b.) kabi bastakorlar va ayrim kompozitorlar (M. Bafoyev «Hajnoma», F. Yanov-Yanovskiy, «Rekviyem» va b.) liniy mavzularda badiiy yetuk asarlar yaratishdi.

Abdumannon Nazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x