DINAMOGRAF

DINAMOGRAF (yun. dynamis — kuch va… graf) — 1) mashina va mexanizmlar detallariga taʼsir etayotgan kuchning maʼlum vaqt ichida oʻzgarishini qogʻoz tasmaga chiziq (nuqta) koʻrinishida qayd qiladigan asbob. D. dinamometr va qayd qiluvchi moslamadan iborat. Prujinali, gidravlik va elektr D. lar boʻladi. Kuch qiymati planimer bilan aniqlanadi. Dinamograf mashina va mexanizmlar ishini, neft quduqlaridan neft soʻrib oladigan nasoslarning ishini nazorat qilish va b. maqsadlarda ishlatiladi;

2) dengizlarda suv toʻlqinining qirgʻokdagi inshootlarga va qirgʻoqqa urilish kuchini oʻlchaydigan asbob.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x