DILI KABUTAR

DILI KABUTAR, kaptar yuragi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Tupi oʻrtacha va kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta, besh boʻlakli, koʻp kertikli, arra tishli, toʻq yashil, cheti sal yuqoriga qayrilgan. Uzum boshi katta (boʻyi 22 sm gacha), silindrsimon, shingillari hovol, ogʻirligi 280—300 g, baʼzilari 500—600 g. Gʻujumi yirik, tuxum shaklida, koʻkimtir-novvotrang, eti qalin, mazali, karsillaydi, poʻstining qalinligi oʻrtacha. Dili kabutar nomi nav gʻujumining kaptar yuragiga oʻxshashligi sababli yuzaga kelgan. Sent. da pishadi. Tarkibida 20— 24% qand, 3,5—5% kislota bor. Gektaridan 110 — 150 s hosil beradi. Sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamsiz. Andijon, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, Tojikistonda oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x