Dildora Qurbonova — Sen bo’lmasang yonimda

Bog’ sayliga bormasman, sen bo’lmasang yonimda,
Gulzor aro yurmasman, sen bo’lmasang yonimda.
Sen bo’lmasang yonimda.

Ko’rmasam aylab xumor, tunlarim o’tgay bedor,
Har dam yo’qlab bo’lgum zor, sen bo’lmasang yonimda.
Sen bo’lmasang yonimda.

Tunlarning hech fayzi yo’q, to’rt faslimning yozi yo’q,
Qalbimning sho’x sozi yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Sen bo’lmasang yonimda.

Qalbimning sho’x sozi yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Sen bo’lmasang yonimda.

Ko’nglimda g’ashlik paydo, turolmasman bir joyda,
Sabri yo’q orom qayda, sen bo’lmasang yonimda.
Sen bo’lmasang yonimda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x