DIAZOTLASH

DIAZOTLASH — aromatik aminlarga mineral kislotalar ishtirokida nitrit kislota taʼsir ettirib aromatik diazobirikmalar hosil qilish usuli. Diazotlash tezligi aminobirikmaning tuzilishiga hamda reaksiyada ishtirok etuvchi anionning tabiatiga bogʻliq. Aromatik yadroda manfiy oʻrinbosarlari (NO2, SO3H, SOON, S1 va b.) boʻlgan aminlar musbat oʻrinbosarlar (SN3, ON, OSN3 va b.)ga nisbatan tezroq diazotlanadi. Brom ionlari Diazotlash jarayonini tezlashtiradi. Hosil boʻluvchi diazobirikmalarning beqarorligi sababli Diazotlash nisbatan past (0° dan 25° gacha) t-rada oʻtkaziladi. Diazotlash koʻpgina aromatik birikmalar sanoatida, ayniqsa, azoboʻyoqlar olishda keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x