DEVZIRA

DEVZIRA — jaydari arpasholining guruchi. Devzira choʻziqroq, sirti qobirgʻali, qobirgʻalari orasida qizgʻish chiziqlari bor, boshqa guruchlarga nisbatan yirik, muz rang (tiniq), baʼzilari qizgʻish. Shunga koʻra, u oq va qizil D. deb 2 xil nomlanadi. Devzira juda tigʻiz va qattiq boʻlganidan (palov pishirishda Devzira 5—6-marta yuvilib, iliq suvga 2—3 soat ivitib qoʻyiladi) yogʻni kam shimadi, oshi xushxoʻr, toʻyimli, pishirganda yana suv koʻtarib, juda koʻpayib ketish xususiyatiga ega. Bunday guruch toʻgʻrisida maʼlumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Ilgari Devzira olinadigan arpasholi Fargʻona vodiysida, Toshkent viloyatining Piskent, Chinoz, Samarqand viloyatining Bulungʻur, Jomboy tumanlarida koʻp ekilardi. Keyingi yillarda sholining yangi, serhosil navlari yetishtirilganligi munosabati bilan arpasholi maydoni ancha kamayib, asosan Fargʻona vodiysida xususiy xoʻjaliklarda va tomorqa maydonlarida yetishtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x