DEVASHTICH QOʻZGʻOLONI

DEVASHTICH QOʻZGʻOLONI (721722) — Panjikentda arablar zulmiga qarshi boʻlib oʻtgan xalq harakati. Gʻurak (q. Gʻurak qoʻzgʻoloni) boshliq soʻgʻd aslzodalarining bir qismi arablar tomoniga oʻtgach, Panjikent hokimi Devashtich rahbarligida aslzoda dehqonlarning bir qismi kurashni davom ettirgan. Devashtich oʻzini Panch (Panchikant) hokimi (xvabu), Soʻgʻd podsho (ixshid) si deb eʼlon qildi. Arablarning Xurosondagi noibi Saʼid Xarashiy qoʻzgʻolonni bostirish uchun katta qoʻshin yuborgan. Qoʻzgʻolonchilar Qum qishlogʻi yonida boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchrab, Mugʻ togʻidagi mustahkam qalʼaga yashirindilar. Arablarning taʼqib etmaslik toʻgʻrisidagi vaʼdasidan soʻng qoʻzgʻolonchilar taslim boʻldi. Saʼid Xarashiy soʻgʻdliklar qarshiligini bostirganligiga qaramay, Movarounnahrda arablarga qarshi kurash davom etaverdi.

Ad.: Kadыrova T., Iz istorii krestyanskix vosstaniy v Maverannaxre i Xorasane v 8 i nachale 9 vv., T., 1965; Isʼhoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x