DETEKTORLI RADIOPRIYOMNIK — radiostansiyadan qabul qilingan signallarni kristallik detektorlar yordamida tovush signallariga aylan-tirib beradigan radiopriyomnik; ishi Kabul qilingan radiotoʻlqinlar ener-giyasi hisobiga amalga oshadi. Detektorli radiopriyomnik., odatda, tebranish konturi LC, kristallik detektor D (yarimoʻtkazgichli diod), telefon T va blokirovka kon-densatori S6 lardan iborat. Kondensator sigami S oʻzgartirilganda tebranish konturi radiostansiyadan kabul qilingan chastota bilan rezonans hosil qiladi. Bu bilan chastotasi rezonans chastotasidan farq qiluvchi barcha signallar susaytiriladi. Kristallik detektordan chiqayotgan yuqori (radio) chastota toklari asosan kondensator S6 dan, past (tovush) chastota toklari esa telefon orqali oʻtadi. Antenna qanchalik baland oʻrnatilsa va yerga ulash yaxshi bajarilsa, bir necha ming km masofada joylashgan kuchli radio-stansiyalarning signallarini shunchalik yaxshi qabul qilish mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые