ORENBURG SAVDO YOʻLI

ORENBURG SAVDO YOʻLIRossiya b-n Oʻrta Osiyo oʻrtasidagi savdo yoʻli. Rossiya hukumati 18-a. ning 30-y. larida Qozogʻiston yerlarini oʻzlashtirish va Oʻrta Osiyo bilan savdoni rivojlantirish maqsadida Yoyiq daryosiga quyiladigan Oʻr daryosi yonida harbiy qalʼa qurishga kirishib, K. Kirillov boshchiligida Orenburg ekspeditsiyasini tashkil etdi. Ekspeditsiyaga harbiy qalʼa qurish bilan birga oʻzbek xonliklari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda oʻzbek savdogarlariga imtiyozlar berish vazifalari yuklatiddi. Orenburg sh. kelajakda Rossiyaning Turkiston oʻlkasi bilan diplomatik, iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutishi lozim edi. Hukumat koʻrsatmasida Toshkent, Xoʻjand, Xiva, Buxoro bilan aloqani yuksak darajaga koʻtarishga alohida ahamiyat beriddi. Bu-xoroga 1-marta savdo karvoni yuborila-digan boʻldi, oʻzbeklarga Rossiyada doimiy yashashga ruxsat ham berildi.

1735-y. avg. dan Orenburg sh. ga poydevor qoʻyildi, unda toshkentlik savdogarlar ham qatnashgan. 1744-y. da Orenburg gubernyasi tashkil topdi. Rossiya hukumati Oʻrta Osiyodan inglizlarni surib chiqarish uchun xonliklar bilan har qanday yoʻl bilan boʻlsada diplomatik munosabatlarni qoʻllab-quvvatladi, ularning elchilarini izzat-ik-rom bilan kutib oddi.

Tashqi ishlar kollegiyasi 1750-y. da Orenburgga Xiva xoni Gʻoyibxon vakillari kelganligini bilgandan soʻng gubernator Neplyuyevga elchi orqali xonga tabrik va sovgʻa yuborishni topshiradi va savdoni ragʻbatlantirish, Orenburgga koʻplab savdogarlarni yuborishni taklif etadi. 1753-y. da Xiva va Buxoroga Danilo Rukavkin boshchili-gida savdo karvoni keladi.

Orenburg savdo yoʻlining uzunligi taxm. 2226 km boʻlib, karvon uni 50—60 kun mobaynida bosib oʻtgan.

1757, 1761 va 1763-y. larda Xiva elchilari Orenburg va Astraxonga keladi. Soʻngra elchi har yili apr. va avg. oylarida Xiva mahsulotlarini Astraxonga tashib berish uchun Mangʻishloqqa rus kemalarini yuborishni soʻraydi. 1774-y. da Buxoro elchisi Ernazar Mak,-sutov Kaspiy dengizi atroflarida bepul savdo qilishga ruxsat oladi. Shundan soʻng buxoroliklarga Rossiya orkali Makkaga haj safariga borishga ruxsat beriladi. Orenburg savdo yoʻli yey. Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklari bilan iqtisodiy, siyosiy va savdo-sotiq ishlarini kuchaytirishda muhim rol oʻynadi.

Nazirboy Tojiboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x