DERIVATSIYA

DERIVATSIYA (lot. derivatio — shoxob-cha) — 1) gidrotexnikada — suv ombori yoki daryodan gidroelektr st-ya binosiga yoki nasos st-yasiga suv keltiradigan yoki ulardan suvni olib ketadigan inshootlar (kanal, quvur, tunnellar) majmui. Suvning harakatiga qarab, Derivatsiyaning bosimli yoki bosimsiz xillari boʻladi. Bosimsiz Derivatsiya ochiq kanal va tunnel shaklida ishlanadi. Bosimli Derivatsiya esa bosimli tunnel yoki temir, temirbeton va taxta quvurdan iborat. ChirchiqBoʻzsuv kaskadida qurilgan GES lar (1 – va 2-Oqtepa, Boʻrjar, Tovoqsoy, Qodiriya va b.) bosimsiz Derivatsiya kanaliga misol boʻladi. Kanal trassasining topografik-geologik tuzilishiga qarab, Derivatsiya trapetsiya, doyra, toʻgʻri toʻrtburchak va b. shakllarda quriladi. Agar bosimli Derivatsiya trassasi uzun boʻlsa, gidravlik zarbni kamaytirish maqsadida gidrostansiyaga yaqin yerda suvni rostlab turadigan inshoot quriladi;

2) harbiy texnik ad a — havoda aylanib uchayotgan snaryad (oʻq)ning otish tekisligidan (chapga yoki oʻngga) ogʻishi. Derivatsiyaning ishi giroskop (pirildoq) ning xossasi bilan tushuntiriladi. Otilgan snaryad kanchalik uzoqqa borsa, Derivatsiya ham shuncha katta boʻladi. Maxsus jadvallarda Derivatsiya uchun tuzatma beriladi. Snaryad (oʻq) otilayotganda shu tuzatma hisobga olinadi;

3) affikslar yordamida yangi soʻz yasalishi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x