DEPORTATSIYA

DEPORTATSIYA (lot. deportatio – badargʻa, surgun qilish) — jinoiy yoki maʼmuriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. Huquqda «Deportatsiya» termini Fransiya jinoyat qonunchiligiga koʻra, 18 — 19-a. larda qoʻllanilgan surgunnit alohida koʻrinishlarini anglatgan. Deportatsiyadan retsidivist jinoyatchilar bilan birga jamiyat uchun nomatlub kishilarni jazolashda foydalanilgan. Koʻpincha u yo bu davlatga gʻayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fukaroligi boʻlmagan shaxslar Deportatsiya qilinadi. 1920—40 y. lardagi ommaviy qatagʻonlar davrida sobiq Ittifoqning koʻp xalqlari Deportatsiyaga duchor boʻlgan edi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x