DENSITOMETRIYA

DENSITOMETRIYA (lot. densitas – zichlik va… metriya) — ilmiy fotografiya boʻlimi; ochiltirilgan yoki kimyoviy-fotografik yoʻl bilan boshqa usulda ishlangan fotografik katlamning yorugʻlik nurini yutishi va kaytarishini oʻlchash bilan shugʻullanadi. Yorugʻlik taʼsirida fotografik katlamning qanchalik qorayishi uning optik zichligiga bogʻliq. Fotografik qatlam sirtining zichlikka nisbati qorayish ekvivalenti deb ataladi. Optik zichlikni oʻlchaydigan asbob densitometr yoki mikrofotometr deyiladi. Rangli fotografik materiallarning optik zichligi maxsus usullar bilan aniklanadi (q. Sensitometriya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x