DENIKIN Anton Ivanovich [1872.4(16).12, Varshava yaqinida — 1947.8.8, Ann Arber, Michigan shtati, AQSH] — harbiy arbob, rus armiyasining general-leytenanti (1916). Oklar harakatining mashhur arboblaridan. 1918-y. apr. da Koʻngillilar armiyasining qoʻmondoni, okt. da bosh qoʻmondoni, 1919-y. yanv. da Jan. Rossiya Qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni. Bu kuchlarga Koʻngillilar armiyasi, Don va Kuban kazak qismlari, Kavkaz armiyasi, Qrim korpusi, Qora dengiz floti kirgan edi. Sovet hokimiyatiga qarshi murosasiz kurashgan Denikin qoʻshinlari 1919-y. yozi-kuzida gʻalabalarga erishdi, lekin 1919-y. kech kuzda Moskva atrofida va 1920-y. boshlarida Shim. Kavkazda boʻlgan janglarda kizil as-karlar ularni magʻlubiyatga uchratdi. 1920-y. 22-martda Denikin qoʻmondonlikni Vrangelga topshirdi va apr. da Rossiya (Qrim)dan chet elga joʻnab ketdi. Ilmiy ishlari rus-yapon urushi va oklar harakati tarixiga oid.
As: Denikin A. I., Ocherki russkoy smutы, t. 1, kn. 1, 2; Krusheniye vlasti i armii, fevral-sentyabr 1917 g., M., 1991.