KORSAKOV SINDROMI

KORSAKOV SINDROMI, Korsakov amnestik sindromi — ruhiy kasallik. Rus psixiatri S. S. Korsakov aniqlangan (1887). Bunda, asosan, xotira boʻziladi. Bemor hozirgina boʻlib oʻtgan voqea-hodisalarni eslay olmaydi, aksincha, bir necha yil ilgari boʻlib oʻtgan voqealarni xotirasida saqlab qoladi. U qayerda turgani, vaqt, sana, atrofidagi kishilarning ismlarini toʻgʻri aytib berolmaydi. Hozir nima ovqat yegani, kimni koʻrgani, ular nomini eslay olmaydi. Oʻzi yashab turgan joyi, xonasi va karavotlarini adashtiradi, bir daqiqa oldin aytilgan soʻzlarni darrov yodidan chiqarib qoʻyadi. Bemorning bilim darajasi, malakasi, kasb-mahorati saqlanib qolgani holda, yangi narsalarni oʻzlashtira olmaydi. Korsakov sindromi yeda soxta xotirlash (konfabulyatsiya) va tez charchash, lohaslik (asteniya) alomatlari birga kuzatiladi. Korsakov sindromi yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, bosh miyaning shikastlanishlari va atrofiyasi bilan bogʻliq kasalliklarda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x