DENGIZ XARITALARI

DENGIZ XARITALARIdengiz va okeanlarning maxsus geografik xaritalari. Dunyo okeanini xoʻjalik va ilmiy maqsadlar uchun oʻrganish va foydalanishda kema yurgizish ilmi va b. masalalar bilan taʼminlashga moʻljallangan. Dengiz xaritalari gidrografik (okeanografik) xizmatlar tomonidan tuziladi va nashr etiladi. Dengiz xaritalari nimaga xizmat qilishiga va mazmuniga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: navigatsiya xaritalari (q. Dengiz navigatsiya xaritalari), maxsus xaritalar, maʼlumotnomali va yordamchi xaritalar. Maxsus xaritalar har-biy-dengiz floti faoliyatini taʼminlash uchun xizmat qiladi. Maʼlumotnomali va yordamchi xaritalar nimaga xizmat qilishiga va mazmuniga koʻra har xil boʻlib, bevosita kema yurgizishni taʼminlashda ishlatilmaydi. Yordamchi xaritalarga ortodromik xaritalar va shlyupka xaritalari, shuningdek, umumiy geografik vazifalar umumiylashtirilgan yoki yengillashtirilgan xaritalar kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x