DENATSIONALIZATSIYA

DENATSIONALIZATSIYA (de… va natsionalizatsiya) , reprivitizatsiya — davlat mulk obyektlari (z-d, f-ka, bank, yer-suv, uy-joy va b.)ni xususiylashtirish; davlat ixtiyoridagi mulklarni xususiy mulkka aylantirish. Asosan kam foyda beruvchi va zarariga ishlayotgan korxonalar Denatsionalizatsiya qilinadi. Bunda davlat koʻp foyda bermaydigan korxonalarni avval milliylashtirib, byudjet mablagʻi hisobidan yangi texnika va texnologiya b-n jihozlantirgan va ishlab chiqarishni jonlantirgan holda mulk egalariga qaytaradi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida davlat mulkini maxsus dastur asosida xususiylashtirish amalga oshirila boshladi (q. Davlat tasarrufidan chiqarish, Davlat mulkini xususiylashtirish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x