DEMULTIPLIKATOR

DEMULTIPLIKATOR (de… va lot. multiplicator — koʻpaytiruvchi, kattalashtiruvchi) — avtomobilning tortish kuchini oshirishga imkon beruvchi mexanizm. D. yuk avtomobillarida uzatmalar qutisi ikkilamchi valining aylanish tezligini kamaytirish, yengil avtomobillarda esa uni oshirish uchun oʻrnatiladi. Demultiplikator asosiy uzatmalar qutisiga qushimcha uzatma sifatida kiritiladi. Traktorlarda Demultiplikator vazifasini aylantiruvchi momentni kuchaytiradigan planetar reduktor va 7—10 pogonyali uzatmalar qutisi bajaradi. Yuk avtomobillarining uzatmalar qutisidagi beshinchi uzatma ikkilamchi valni tirsakli valga nisbatan 20—27% tez aylantiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x