DELON

DELON (Delon) Alen (1935.8.11, Parij) — fransuz aktyori, prodyuser. Dastlab unga shuhrat keltirgan film «Yarqiragan quyoshda»gi Tom Rishli roli boʻldi. «Rokko va uning aka-ukalari», «Oyning tutilishi», «Qoplon», «Samuray», «Troskiyning oʻldirilishi», «Mesye Klyayn» kabi filmlardagi oʻz qahramonlari orqali munofiq insonlarning oʻziga xos psixologiyasini, moddiy va maʼnaviy konfliktlarni mohirona ochib berdi. Oʻzining kelishgan tashki koʻrinishi, ijrosidagi plastiklik, joʻshqinlik sargu-zasht va detektiv filmlarda, shuningdek, oʻzi ekranlashtirgan «Politsiyachi terisi uchun», «Boʻysunmas» filmlarida yaqqol koʻzga tashlandi va Delonning mashxurligini yanada oshirdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x