DELFA

DELFA — Fokida (Oʻrta Gretsiya) ning jan. garbida, Parnas togʻi etagida joylashgan yunon shahri. Mil. av. 7—6-a. larda umumyunon diniy marka-zi boʻlib, meʼmoriy yodgorliklar (Apollon ibodatxonasi orakul va b.) saqlangan. Mil. av. 6-a. ning boshlarida Delfada 4 yilda 1-marta umumyunon Pifiy oʻyinlari oʻtkazilgan. Bu vaqtda muqaddas osoyishtalik, tinchlik hukm surgan. Delfada Apollonga atab juda koʻp nazrniyoz keltirilgan. Bu boyliklar Delfaning yuksalishiga sabab boʻlgan. Mil. av. 1-a. ning 80-y. larida Delfa frakiyaliklar va b. qabilalar tomonidan talangan. Mil. 1-a. oxirida Delfa dagi ibodatxona kayta tiklangan. Orakul faoliyati mil. 2-a. da bir muncha jonlangan (soʻnggi bor orakulga 3-a. da murojaat qilinganligi maʼlum); ibodatxona Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taxm. 390-y. rasman yopib qoʻyilgan. Hoz. Delfa — kichik aholi punkti. Delfa yodgorligidan 1892-y. dan boshlab fransuz arxeologlari olib borgan qazishlar natijasida ikki muqaddas maskan (uchastka) — Apollon va Afina maskanlari ochildi: Apollon Pifiy ibodatxonasi (mil. av. 6-a., meʼmorlar Ksenodor va Agaton tomonidan mil. av. 4-a. da kayta qurilgan) boʻrtma tasvirlar b-n bezatilgan (muzeyda saqlanmoqda). Sifniylar (taxm. mil. av. 525), afinaliklar (mil. av. 5-a. boshlari) xazinalari, us-tunlari (galereya — ustunli peshayvon, mil. av. 475), teatr (mil. av. 2-a.) va b. bor. Afina Pronoya muqaddas ibodatxonasining eski (mil. av. 7-a. oxiri) va yangi (mil. av. 6-a. oxiri) asoslari, aylana tarxli — folos — makbara (mil. av. 4-a. boshlari), stadion (mil. av. 6-a.), gimnasiy (mil. av. 6—5-a. lar) va b. oʻrganilgan. Delfada arxeologik muzey tashkil etilgan. Delfa meʼmoriy yodgorliklari Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x